AsosiyJamiyat

Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan xalqaro forum bo`lib o`tadi

'Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan xalqaro forum bo`lib o`tadi'ning rasmi

Toshkent shahrida 3 may kuni media-makon vakillari bir davraga jamlanishadi.

May oyining ilk kunlarida jurnalistlar uchun har yili o`tkaziladigan forumlarni tashkil etish O`zbekistonda yaxshi an`anaga aylandi. Joriy yilda media xodimlarining navbatdagi uchrashuvini O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar hamkorligida ochib beradi.

Dastlab butun dunyo uchun dolzarb bo`lgan “Global o`zgarishlar davridagi jurnalistika, haqiqat va yolg`on xabarlar, professionallik hamda bilimsizlik” mavzusidagi muhokamada yangi nuqtai-nazarlar va fikrlar yangrashi kutilmoqda.

So`ngra “Besh tashabbus yoshlar media olami nigohida» mavzusida Yoshlar media forum o`tkaziladi. Ma`lumki, Prezident Shavkat Mirziyoevning ijtimoiy va ma`naviy sohadagi beshta muhim tashabbuslari yoshlarning musiqa, tasviriy san`at, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, ularning iste`dodini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish, yoshlarni jismonan chiniqtirish, aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarini rivojlantirish, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini ommaviylashtirish, shuningdek ayollar bandligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarni yaratish masalalarini o`z ichiga olgan. O`zbek OAVning yangilanish va yangi vazifalarni amalga oshirishdagi “ijtimoiy dvigatel” sifatidagi rolini baholash murakkab.

Forum an`anaga ko`ra milliy taomlar tanlovi bilan o`tadi, O`zbekistonning barcha viloyatlaridagi milliy an`ana va urf-odatlarini jurnalistlarga namoyish etish, shuningdek O`zEOAVMA a`zolari – hududiy teleradiostansiyalar xodimlarini turli nominasiyalarda eng yaxshilarini aniqlash orqali rag`batlantirishni maqsad qilgan mazali va yorqin “Jurnalistlar bahori - 2019” festivali bilan yakunlanadi.

Xalqaro forum ishtirokchilari O`zbekistonda bu yil 14-marta o`tkaziladigan har yilgi “Oltin qalam” tanlovida ham ishtirok etadilar.

    Boshqa yangiliklar