AsosiyDunyo

Afg`onistonlik ayol o`g`lini o`ldirishgani uchun 25 tolibonni otib tashladi

Afg`onistonlik ayol o`g`lini o`ldirishgani uchun qasos olish maqsadida “Tolibon” harakatining kamida 25 nafar a`zosini otib tashlagan, deya xabar bermoqda Khaama Press.

Yigit polisiya bo`linmasida xizmat qilgan va jangarilar tomonidan onasining ko`z o`ngida o`ldirilgan. Shundan so`ng u qizi va o`g`lining xotini bilan birga qurol olishgan va tolibonlarga qarata o`q uzgan. Otishma etti soat davom etgan. Natijada 25 kishi halok bo`lgan va yana besh kishi jarohatlangan.

Harakat vakillari hozircha bu haqda hech qanday izoh bermagan.

    Boshqa yangiliklar