1

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun 5-tur boshlanadi

Sport 25.11.2014, 10:47
Evropa Chempionlar ligasi. Bugun 5-tur boshlanadi

Bugun Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-tur uchrashuvlariga start beriladi. To`rtta guruhda jamoalar o`zlarining navbatdagi raqiblariga qarshi maydonga chiqishadi.
Jumladan, Moskvada SSKA jamoasi "Roma" klubini qabul qiladi. Agar armiyachilar g`alaba qozonishsa, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolishadi.
"Barselona" safarda APOEL mehmoni bo`ladi. Luis Enrike shogirdlariga ham faqat g`alaba kerak. Yaxshi imkoniyatlarini saqlab turgan PSJ muxlislari qarshisida "Ayaks"ni imtixondan o`tkazadi.

"Chelsi" bo`lsa, safarda "Shalke" mehmoni bo`ladi.
Bugun futbol ishqibozlari supero`yin guvohiga aylanishadi. "Manchester Siti" o`z maydonida "Bavariya" klubini qabul qiladi. Mana bu o`yin ko`pchilikning diqqat markazida bo`lishi turgan gap.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1