AsosiyJamiyat

Bugun dunyo o`zbekcha so`zlamoqda

'           Bugun dunyo o`zbekcha so`zlamoqda  'ning rasmi

Til har bir millatning o`ziga xosbelgisi, ulkan va betakror boyligi, ajdodlarningbebaho merosidir.Shu bois ham“Tilga e`tibor – elga e`tibor”, “Til bilgan el biladi” singari naqllarda bir olam ma`no bor.

Dunyoda o`z o`rni bor

Ma`lumotlarga ko`ra, Er yuzi aholisi besh mingga yaqin til va lahjada so`zlashadi. Ulardan ikki mingga yaqini yo`qolib ketish arafasida turibdi. Sayyoramiz ahlining to`qson foizdan ko`prog`i etmishta tilda gaplashadi. Shutillarning har birida besh milliondan ortiq kishi gaplashsa,har birida yigirma milliondan ortiq odam gaplashadigan tillarning umumiy soni qirqqa bormaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, Er yuzida o`zbekcha gaplashadiganlarning umumiy nufuzi 35 milliondan oshadi. Bu sayyoramizda har 200 kishidan biri yoxud yarim foizi o`zbekcha gaplashadi deganidir.

Yana bir qiziqarli raqam: Er yuzida minglab til va lahjalar mavjud bo`lgani holda faqatyuzga yaqin til davlat tili maqomiga ega. Demak, biz hamona tilimizana shu yuzlikdan o`rin olgani bilan faxrlanishga haqlimiz. Bu tilda mamlakatimizdan tashqarida ham millionlabkishilar so`zlashadi. Turli mamlakatlarda o`zbek tilida kitoblar, gazeta va jurnallar nashr etiladi, tele va radioeshittirishlar efirga uzatiladi.

Bugundunyoda tobora ommalashib borayotgan o`zbek kurashi hamchala, halol, yonbosh, dakki, tanbeh singari o`zbek tilidagi bir qancha so`zlarning xalqaro miqyosda qo`llanishi uchun yo`l ochmoqda.

Ayni paytdadunyoning ko`plab mamlakatlarida, oliy o`quv yurtlarida o`zbek tili va adabiyoti alohida fan sifatida o`rgatilmoqda. Internet tarmog`ida o`zbek tilidagi saytlarning tobora ko`payib borayotgani, Google, Facebook, Wikipedia singari global tarmoqlarning o`zbek tilidagi xizmati faol ishlab turgani hamtilimizning virtual odamdagi mavqei ham oshib borayotganidan dalolatdir.

Hech bir tildan kam emas

Tilimizdagi ilk yozma manbalar milodiy V-VIII asrlarga mansub.O`tmishda hamulug` ajdodlarimiz tilimiz ravnaqi, uning qadr qimmati uchun doimo kurashganlar, bu yo`lda ne-ne buyuk ishlarni amalga oshirmaganlar. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Boborahim Mashrab singari buyuk so`z san`atkorlari tilimizda go`zal va betakror nazm durdonalarini yaratib, uning umrboqiyligini ta`minlab ketganlar.

Nazm mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy xalqimsizning tili, milliy an`analari, qadriyatlariga chuqur hurmat bilan yondoshganlar:

Shoh toju xil`atikim, men tamosho qilg`ali

O`zbegim boshida boshida qalpoq, egnida shirdog`i bas.

Ul zot “Muhokamatul-lug`atayn” asarida ham tilimizning naqadar boy va serqirra, nafis va serjilo ekanligini, hech bir tildan kam emasligini isbotlab berganlar.

Buyuk jasorat namunasi

Sobiq tuzum, totalitar mafkura zamonida milliy qadriyatlarimiz, boy tarixiy merosimiz, ma`naviyatimiz tazyiq ostida bo`lib keldi. Ammo hali mamlakatimiz mustaqillikni qo`lga kiritmagan bir paytda 1989 yil 21 oktyabrdao`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi buyukjasorat namunasi, xalqimizning ma`naviy hayotidagi muhim voqea bo`ldi.

Salkam 30 yilbir qonunning kuchga kirishi, unda belgilangan qoidalar va ko`rsatmalarning hayotga joriy etish uchun etarli muddat. O`tgan davr mobaynida joylarda mazkur tarixiy qonun ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni istalgancha tahlil etish,ko`plab misollar keltirish mumkin.

Darhaqiqat, rasmiy idoralarda ish asosan davlat tilida yuritilmoqda. Davlat hokimiyati, mahalliy hokimliklarva boshqaruv organlarininghujjatlari davlat tilida qabul qilinmoqda. Ayni vaqtda mamlakatimiz hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta`minlanmoqda, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Guruch ichidagi kurmaklar

Ammo, hamma joyda ham mazkur qonun talablari to`laqonli bajarilmoqda, deb bo`lmaydi.Garchi bu haqda bir necha yillardan beri tinmay yozilayotgan, gapirilayotgan bo`lsa-da, ayrim idoralarda hali-hanuz ish yuritish tartibi eski davrlardagidilgir holatlarni yodga soladi.

Davlat tiliga e`tibor, uning mavqei nafaqat me`yoriy hujjatlarda, rasmiy idoralarda, balki ko`cha-kuydagi bitiklar, lavhalar, turli e`lonlarda ham yaqqol ko`zga tashlanadi. E`tibor qilganmisiz, ko`cha-kuylarda, transport vositalarida, simyog`och va maxsus ustunlardan joy olgan e`lonlar orasidan o`zbekchadan ko`ra boqa tildagilari ko`proq. Buni qanday izohlash mumkin?

Holbuki, davlat tili haqidagi qonunning 20-moddasida shunday deyilgan:

«Lavhalar, e`lonlar, narxnomalar va boshqa ko`rgazmali hamda og`zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e`lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilish mumkin».

Kino, televidenie, radio, matbuot nashrlari tilning asosiy targ`ibotchilari sanaladi. Binobarin, suxandonlar, boshlovchilar, kinorejissyorlar va boshqa tegishli sohalar vakillari o`zbek tiliga hurmat bilan yondoshishlari, adabiy til me`yorlariga rioya etishlari shart. Taassufki, ko`p hollarda buning aksiga guvoh bo`lamiz.

Ayrim yosh xonandalarning o`zbek tilida ikki kalima gapni eplab gapirolmasligi, yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek bolalayotgan «qo`shiq»larda o`zbekcha so`zlarni ajnabiy luqmalarga qo`shib yamlanayotgani, ko`plab «kassabop» filmlarda qorishiq so`z va jumlalar, shevaga xos, ko`cha bezorilari tilida urf bo`lgan beparda so`zlardan «unumli» foydalanilayotgani ham aslida tilga nisbatan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.

Eng yomoni, so`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab hamyurtlarimizning hayrati, g`azabini qo`zg`agan bir holat – ba`zi ziyolilarimizning rus tiliga davlat tili maqomini berish taklifi bilan chiqishi chindan-da, o`z millatimiz, o`z tariximiz va tilimizga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlikning yaqqol ifodasi bo`ldi.

Bunday holatlarga nisbatan internetning o`zbek segmentidagi faol hamyurtlarimiz o`z munosabatlarini bildirishmoqda. Quvonarlisi, tilimizning nufuzi, obro`-e`tibori uchun qayg`urayotganlarning ko`pligi ko`nglimizga taskin beradi. Ana shunday fidoyi, xalqparvar insonlarimiz bor ekan, tilimiz o`z qadr-qimmatini yo`qotmaydi.

Rustam Jabborov

    Boshqa yangiliklar