1

"Ishonmagin do`stingga..."

Jinoyat 07.05.2019, 11:42
"Ishonmagin do`stingga..."

Fuqarolar turli sabablar bilan zoriqqan, ishongan tanish—bilishlari, qarindoshlariga qarz berib mushkullarini oson qilishyapti. Aksariyat xollarda qarzdorlar qarzlarini qaytarib to`lashyapti. Ayrim hollarda tanish yoki qarindoshlardan biri qarz olib, ishlari bitgach, to`nlarini teskari kiyib oladigan xolatlaruchramoqda. Ba`zan esli – hushli kishilar ham chuv tushib qolishyapti. «Qo`llari bilan berib, oyoqlari bilan yugurishga» majbur bo`lishmoqda.

Mana shunday kishilardan biri Farg`ona shahrida yashovchi Umarali Rahmatjonovdir. (Izoh: taraflar ismi sharifi o`zgartirilgan)

Uning tanishi bo`lgan Saidov Mirolim 2018 yilning avgust oyida uyiga kelib avtomashina sotib olayotgani, buning uchun puldan qiynalib qolganini bildirib, Umaralidan qarz berib turishni so`raydi.

Umarali tanishining iltimosini rad eta olmasdi. Chunki ular bolalikdan birga o`sgan edilar. Shuning uchun u xotiniga “Bor uydagi pullarni olib chiq”- deb buyurdi.

Xolinisa opa ham erining tanishi Mirolim uyga ko`p kelib ketishi sababli unga ishondi va qizining to`yiga atab yig`ib qo`ygan pullarini olib chiqib berdi.

Mirolim o`zaro suhbat davomida pullarni kechi bilan ikki oyda qaytarib berishini aytib, Umaralini ishontirish maqsadida 13 mln. so`m qarz olgani haqida tilxat yozib beradi.

Voqealar rivoji mana endi boshlanadi. Mirolim Umaralidan pullarni olganidan so`ng hatto qorasini ham ko`rsatmadi. Bu orada Xolinisa opa eri Umaraliga har kuni tanbeh berar edi.

Kunlarning birida Umarali Mirolimni uyiga borib undan qarzini qaytarishni talab qiladi. Tabiiy xolki Mirolim hozirda puli yo`qligini bahona qilib bir ikki haftada qaytarishini aytib, Umaralini aldab uyidan kuzatadi.

Oradan vaqt o`tsada, Mirolimdan hamon darak yo`q edi. Xolinisa opa esa eri bilan har kuni shu masalani muhokama qiladi. Umarali Mirolimni qidirib uni uyiga bir necha marotaba boradi, u har safar turli bahonalar bilan qarzini qaytarishni paysalga solib keladi.

Oxir oqibat Umarali Mirolimga chuv tushib qolganini payqab, Mirolim olgan qarzini qaytarib bermasligiga ko`zi etgach sudga ariza berishga ahd qildi.

Fuqarolik ishini sud majlisida ko`rib chiqilishi natijasida Sattorov Mirolim tomonidanyozilgan tilxat asosida muammo qonuniy va adolatli echim topdi.

Qonunga muvofiq tarzdaagar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar mavjud bo`lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan xisoblanadi.

Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz beruvchiga qaytarishi shart.

Ish hujjatlariga ko`ra, javobgar M.Saidov tomonidan yozilgan tilxat mavjud bo`lib, unda haqiqatdan ham da`vogardan 13.000.000 so`m pulni qarzga olgani va 2018 yil 31 dekabr kuni qaytarib berishini bayon qilgan.

Lekin javobgar da`vogardan olgan pulini qaytarib bermagani o`z isbotini topganibois javobgardan da`vogar foydasiga 13 mln. so`m qarzdorlikni undirish yuzasidan sud hal qiluv qarori chiqardi.

Shu o`rinda fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudlarida bugungi kunda qarz undirish bilan bog`liq nizolar ko`pchilikni tashkil qilayotganini ta`kidlash joiz.

Xususan, sudlarda 2018 yilning 1-choragida qarz undirish haqidaginizolarga oid 299 ta ish ko`rilgan bo`lsa, bu yil 1-chorakda bu turdagi ishlar soni 331 tani tashkil qilgan yoki 10,7 foizga ko`paygan.

Ko`rilgan ishlardan 94,2 foiz da`vo qanoatlantirilib, fuqarolarning qarz munosabatlariga doir muammolari qonuniy va adolatli echimini topgan.

Zero, xalqimizda topib aytilgan «qiyomat qarz» iborasi bor. Iymoni but bo`lishini tilagan kishi qiyomatgacha dilini o`rtaydigan qarzdan ertami—kechmi, forig` bo`lishga harakat qiladi.

Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash joizki, fuqarolarimiz qarz munosatalariga kirishgan taqdirda qonun talablariga rioya qilib, avvalo qarz shartnomalarini notarial tartibda qayd ettirsalar, notarial tartibda qayd ettirishni imkoni bo`lmagan hollarda esa, bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilsalar maqsadga muvofiq bo`lardi.

Qarz olgan fuqarolarmiz ham lafzlariga ko`ra olgan qarzlarini o`z vaqtida qaytarsalar, bu kabi nizolar kelib chiqishining oldi olingan bo`lar edi.

A.Abdullaev

Fuqarolik ishlari bo`yicha

Farg`ona viloyat sudi

bo`lim boshlig`i

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1