Kanadalik mashhur pop-xonanda Jastin Biber yil davomida 80 million dollarga yaqin mablag` ishladi va Forbes jurnali versiyasiga ko`ra, 30 yoshgacha bo`lgan yulduzlar orasida bu ro`yxatning birinchi qatoridan o`rin oldi.
Nashr ma`lumotiga ko`ra, 20 yoshli qo`shiqchi bu mablag`ni dunyo bo`ylab amalga oshirgan turi davomida to`plagan.
Ikkinchi o`rinda Britaniyaning One Direction guruhi, ularning mablag`i 75 million dollar. Uchinchi o`rin amerikalik xonanda Teylor Sviftga tegdi. Uning mablag`i 64 million dollarni tashkil etdi.





