1

RPL. «Lokomotiv» durang o`ynadi, Denisov maydondan chetlatildi

Sport 25.11.2014, 13:07
RPL. «Lokomotiv» durang o`ynadi, Denisov maydondan chetlatildi

Rossiya Premer-ligasining 14-turini o`z maydonida o`tkazgan Moskvaning "Lokomotiv" klubi bir ochko bilan cheklandi. Aslida "Ufa"ga qarshi o`yin Boshqirdistonda bo`lib o`tishi kerak edi, ammo havoning keskin sovib ketishi natijasida o`yin Moskvaga ko`chirildi. Ikkinchi davra o`yini "Ufa" maydonida o`tkaziladi.

O`yinga to`xtaladigan bo`lsak, Bojovich shogirdlari o`yinni u qadar yaxshi o`tkaza olishmadi. Ularning hujumdagi ishlari unchalik yurishmadi. "Ufa" esa himoyada tartibli o`ynash bilan birgalikda qarshi hujumda xavfli o`ynadi. Vitaliy Denisov aynan shuning qurboniga aylandi. U qarshi hujum natijasida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Xanjichni ortdan chalishga majbur bo`ldi va maydondan chetlatildi. Yaxshiyamki, chetlatish o`yin tugashiga 10 daqiqa qolganida sodir bo`ldi. Bu vaqt ichida mehmonlar gol urishga ulgurishmadi, aks holda "temiryo`lchilar" bir ochkodan ham quruq qolishardi. Vagiz Galiulin ham o`yinni boshlang`ich tarkibda boshlab, 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Umuman olganda, maydonda asosan kurash kechdi. Shu bois ko`plab follar kuzatildi. "Ufa" ochko uchun kurashdi va haqli ravishda uni qo`lga kiritdi.

Rossiya Premer-ligasi, 14-tur
Lokomotiv – Ufa 0:0
Lokomotiv – Abaev, Yanbaev, Chorluka, Dyurisa, Denisov, Fernandesh, Sheshukov, Samedov (Markes, 72), Bussufa (Pavlyuchenko, 78), Kasaev, Nyasse (N'Doye, 64).
Ufa – Yurchenko, Tishkin, Tumasyan, Paurevich, Suxov, Zaseev, Semakin, Marsino (Kilin, 90), Frimpong (Diego Karlos, 84), Galiulin (Safronidi, 76), Xandjich.
Ogohlantirishlar: Yurchenko (36), Marsino (36), Tumasyan (45), Semakin (77), Kasaev (86).
Chetlatish: Vitaliy Denisov (81).

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1