AsosiyJamiyat

​Milliy gvardiya Xitoy Qurollangan Milisiyasi bilan hamkorlikda o`quv-amaliy mashg`ulotlari o`tkazmoqda (foto)

'​Milliy gvardiya Xitoy Qurollangan Milisiyasi bilan hamkorlikda o`quv-amaliy mashg`ulotlari o`tkazmoqda (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq Qurollangan Milisiyasi o`rtasida “Hamkorlik-2019” aksilterror o`quv-amaliy mashg`ulotlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining matbuot xizmati xabar qiladi.

O`quv mashg`ulotlari 5 may kuni Jizzax viloyati “Forish” poligonida ikki qo`mondonlik vakillari, Jizzax viloyati hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida start oldi.

– Harbiy-o`quv mashg`ulotlarining davomiyligi taxminan ikki hafta. Mashg`ulotlar uch bosqichda o`tkaziladi: 1-bosqich – yakka tartibdagi tayyorgarlik, 2-bosqich – guruh tarkibidagi va 3-bosqich – vzvodlar tayyorgarligi. Mazkur mashg`ulotlarning asosiy vazifasi Xitoy Xalq Qurolli Kuchlari Milisiyasi va O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi o`rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir, – deydi boshqarma boshlig`i polkovnik Shuxrat Ganiev.

Bo`lib o`tayotgan o`quv mashg`ulotlari yurt himoyachilarining yuksak harbiy mahoratga, mustahkam irodaga, o`z Vataniga sadoqatli posbon bo`lib, etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlikdagi o`quv-mashg`ulotlar ikki hafta mobaynida davom etadi.

    Boshqa yangiliklar