Gollivudning eng shov-shuvli juftliklaridan biri bo`lmish Joli va Pitt oilasi Londonga ko`chib o`tishni rejalashtirayotganliklari haqida internet nashrlarida xabarlar tarqalmoqda. Ular Londonning Merilebon tumanidagi ikki qavatli uyni sotib olishni mo`ljallashmoqda. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar beradi. Ushbu tumanda ko`plab mashxur insonlar istiqomat qilishadi.
Sotib olinishi rejalashtirilayotgan ushbu uyda jami 5 ta yotoqxona, mehmonxona, kinoteatr xonasi, shisha lift hamda shaffof tom mavjud. Uyning tepa qismida esa bog`lar, bolalar maydonchasi bor.





