AsosiyDunyo

Itining o`limi Pamela Andersonni siyosat bilan shug`ullanishga undadi

Amerikalik aktrisa va model Pamela Anderson siyosat bilan shug`ullanishga qaror qildi, deya xabar bermoqda RadarOnline. Bu haqda nashrga o`z ismini oshkor qilishni istamagan uning yaqin do`stlaridan biri ma`lumot bergan.

Anderson iti Joning o`limidan so`ng o`zining xayriya va siyosiy faoliyatini yanada rivojlantirishni ta`kidlagan.

“U ko`p yillardan beri jonivorlar huquqini himoya qilish bilan shug`ullanib kelmoqda, ammo iti Joning o`limidan so`ng u huquqi bilan xayriya va siyosiy faoliyatini yanada rivojlantirishniga qaror qildi”, - deydi nashr manbasi.

Anderson qaytadan sobiq turmush o`rtog`i Rik Salomon bilan uchrasha boshladi. Bundan bir necha oy oldin ajrashib ketishgan edi. Bu unga itining o`limidan kelgan qayg`udan qutulishga yordam berdi.

    Boshqa yangiliklar