Coca-Cola kompaniyasi endi Fairlife brendi ostida sut ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Ushbu marka ostida chiqarilgan mahsulotning narxi AQSh do`konlaridagi oddiy sutga qaraganda ikki marta qimmat bo`ladi. The Daily Telegraphning yozishicha, mahsulot AQSh bozorlarida 2014 yil dekabridan paydo bo`ladi.
Iste`molchilarga bu orqali proteini ko`p, shakari kamaytirilgan mahsulot taklif etiladi. Coca-Cola birinchi vise-prezidenti Sendi Duglas (Sandy Douglas) Fairlife sutida odatdagi sutdan ko`ra 50 foizdan ortiqroq protein, 30 foizdan kamroq shakar, shuningdek, shirinroq bo`lishini ta`kidladi.
The Daily Telegraph qayd etishicha, Coca-Cola sut bozoriga AQShdagi oddiy sut savdosining susaygan paytida kirmoqda.





