Angliyaning “Chelsi” futbol klubi Evropa Ligasida nemislarning “Ayntraxt” jamoasining mag`lubiyatga uchratib, finalga yo`l oldi, deb xabar qildi TASS nashri.
Shu tariqa “Chelsi” olti yil deganda Evrokubok finaliga chiqishga muvaffaq bo`ldi. “Chelsi”chilar nemislarni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag`lubiyatga uchratgan.
Endilikda “Chelsi” jamoasi 29 may kuni Bokudagi Olimpiada stadionida “Arsenal” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o`tamiz, “Arsenal” jamoasi ham “Valensiya” jamoasini “er tishlatib”, finalga yo`l olgan edi.