Joriy yilning 6-7 may kuni Farg`ona viloyatida bir kunda 5 ta maktabgacha ta`lim muassasasi ochildi. Ulardan bittasi Davlat xususiy shekriklik asosida qurilgan, 2 tasi yangi davlat maktabgacha ta`lim muassasasi bo`lib, yana 2 tasi yangidan ta`mirlanib foydalanishga topshirildi.
Xususan, Uchko`prik tumanidagi Tojik mahalla fuqarolar yig`iniga qarashli Qo`qonboy qishlog`ida Davlat-xususiy sherikchilik asosida «Cheerful Kinder Garden» nomli nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etildi. Muassasa quvvati 120 o`rinli bo`lib, viloyat hokimining tashabbusi bilan unda ushbu qishloqdagi 30 nafar kam ta`minlangan oila farzandlarining bepul tarbiyalanishi tashkil etildi.

Uchko`prik tumani Maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi Farovon mahalla fuqarolar yig`iniga qarashli Yoyilma qishlog`ida joylashgan 1970 yilda qurilgan 28-sonli davlat maktabgacha ta`lim muassasasi qayta ta`mirdan chiqarildi.
Marg`ilon shahar «Kosibchilik» mahalla fuqarolari yig`inida joylashgan 38-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi yangidan barpo etildi. Ushbu muassasaga xududdagi 160 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olinib, 40 ta yangi ish o`rinlari yaratilgan.

Shuningdek, Qo`shtepa tumanidagi 36-davlat maktabgacha ta`lim muassasasi ham yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Farg`ona shahar Xarbiy gornizon xududida ham 61-sonli maktabgacha ta`lim qurib bitkazildi. Zamonaviy, qulay sharoitlarga ega bo`lgan ushbu muassasaga ham hududdagi 160 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib, 40 ta yangi ish o`rni yaratilgan.
Ochilish marosimlaridan so`ng 9 may xotira va qadrlash kunini nishonlash maqsadida viloyatning barcha tuman va shaharlarida maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilar va hodimlari ishtirokida joylarda bayram tadbirlari uyushtirilib, urush qatnashchilari va vatan oldidagi xizmatlarini bajarishda vafot etgan xodimlarning oilalari holidan xabar olindi.






