AsosiyJamiyat

Qurilish vaziri Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi

'Qurilish vaziri Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi'ning rasmi

Qurilish vaziri Abduqahhor To`xtaev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” manbalari xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashining 10 may kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari sessiyasida To`xtaevning nomzodi bir ovozdan ma`qullangan.

Ma`lumot uchun, Abduqahhor To`xtaev 1996-1999 yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.

U 2005—2011 yillarda Toshkent shahri hokimi bo`lgan, 2013—2016 yillarda “O`zLITIneftgaz” kompaniyasi rahbari o`rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor To`xtaev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar