1

«Manchester Siti» Agueroning uchta goli evaziga «Bavariya»ni mag`lub etdi

Sport 26.11.2014, 09:39
«Manchester Siti» Agueroning uchta goli evaziga «Bavariya»ni mag`lub etdi

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o`rin olgan «Manchester Siti» - «Bavariya» uchrashuvi o`z nihoyasiga etdi va unda 3:2 hisobida manchesterliklar chiroyli g`alabani qo`lga kiritishdi.
Bu g`alaba Agueroning uchta goli evaziga qo`lga kiritildi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Benatiya qo`pollik bilan Agueroni jarima maydonida chalib yiqitdi, hakam 11 metrli nuqtani ko`rsatdi. Penaltidan jabrlanuvchining o`zi muvaffaqiyatli foydalandi, 1:0.
40-daqiqaga kelib Xabi Alonso qulay jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi, 1:1. Hakam tomonidan birinchi bo`limga qo`shib berilgan vaqtda Robert Levandovski boshi bilan aniq zarba yo`llab, amaldagi Germaniya chempionlarini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo`lim so`nggi daqiqalari Angliya klubi uchun juda omadli keldi. Avvaliga 85-daqiqada Aguero dubl muallifiga aylandi, 2:2. 90-daqiqada yana argentinalik hujumchi Noyerni ranjitdi va g`alaba to`pini urdi, 3:2.
EChL, Guruh bosqichi
Manchester Siti Angliya – Bavariya Germaniya 3:2 (1:2)
Gollar: 1:0 – 21, penalti Aguero, 1:1 – 40 Alonso, 1:2 – 45 Levandovski, 2:2 – 85 Aguero, 3:2 – 90 Aguero.
Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1