Xitoyning shimoliy-sharqiy provinsiyasi hisoblangan Lyaoninda ko`mir shaxtasida sodir bo`lgan falokat natijasida 24 kishi halok bo`ldi. Shuningdek, 52 kishi turli darajadagi jarohat oldi.
“Fusin” davlat korporasiyasi vakillari bergan ma`lumotga ko`ra, halokat konda mayda ko`mir donalarining yonishi sabab yuzaga kelgan. O`sha vaqtda konda jami 89 nafar konchi bo`lgan.
26 noyabr kuni ertalab qutqaruv ishlari tamoman yakunlangan, deya xabar bermoqda "Interfaks". Jarohatlangan konchilar kasalxonaga etkazilgan.





