Qonun loyihasi ayollarni turmushda, ish joylarida, ta`lim muassasalarida tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilishga, ayollarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikning oldini olishga, shuningdek tazyiq va zo`ravonlik qurbonlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta`minlashga qaratilgan.
Xujjatda zo`ravonlik, zo`ravonlik qurboni va boshqa terminlarning aniq tushunchalari kiritilmoqda, zo`ravonlikning to`rtta turi belgilanmoqda. Bundan tashqari zo`ravonlikning oldini olishning muxim chorasi sifatida himoya orderi kiritilmoqda.
Qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi. Siz bildirgan fikr-mulohaza va takliflar asosida xujjat yanada takomillashtiriladi.
Mazkur Qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishingizni so`raymiz. Qonun loyixasi bilan quyida tanishish va fikr bildirish mumkin:






