Toshkent viloyati Chirchiq DPI vakillari shu yilning 9 may kuni Qozog`iston Respublikasining Chimkent shahrida o`tkazilgan “Shymkent music games” ko`p janrli musiqa tanlovida ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berilgan.
Xalqaro tanlovning cholg`u ijrochiligi yo`nalishida institut Musiqa ta`limi yo`nalishi jamoasi – o`qituvchilar Shohida Mahkamova, Malohat Muhitdinova hamda 1-kurs talabalari Sobirjon Toshmetov, Shukurbek Halilov, Sherzod Toshmatovlar
1-o`rinni qo`lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Mazkur g`alaba chirchiqlik talabalarga ustozlari bilan birga 2020 yil Italiyaning Rim shahrida o`tkaziladigan xalqaro musiqa tanlovida ishtirok etish uchun yo`llanma berdi.






