AsosiySport

Messi rekordlarni yangilashda davom etmoqda

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur doirasida Kiprning APOEL jamoasiga qarshi mehmonda to`p surgan “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 87-daqiqada o`zining xet-trikini nishonladi va gollari sonini 74 taga etkazib oldi.

Ushbu o`yinda Messi tomonidan kiritilgan birinchi gol uni musobaqa tarixida eng ko`p gol urganlar ro`yxatida birinchilikka olib chiqqan edi. 38-daqiqada gol kiritgan Lionel Raul va Krishtianu Ronaldu rekordlarini yangiladi, 57-daqiqada esa o`z rekordini ham yangilashga erishdi, deya ma`lum qilmoqda TASS.

Ammo chorshanba kuni uni Krishtianu Ronaldu quvib ketishi mumkin. Chunki aynan shu kuni “Real” “Bazel”ga qarshi maydonga tushadi. Ronaldu hisobida hozircha 70 ta gol bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar