Qozog`istonning sobiq prezidenti, Qozog`iston Xavfsizlik Kengashi raisi Nursulton Nazarboev rossiyalik taniqli tadbirkor, USM Holdings egasi, asli o`zbekistonlik bo`lgan Alisher Usmonovni “Dostq” (“Do`stlik”) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog`iston Prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.
“Elboshi Nursulton Nazarboev Alisher Usmonovni Rossiya va Qozog`iston orasida do`stlik va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan sezilarli hissasi uchun І darajali “Dostq” (“Do`stlik”) ordeni bilan mukofotladi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Alisher Usmonov boshqaruvida bo`lgan “Metallinvest” kompaniyasi Qozog`istonda 15 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya Qozog`istonga quvurlar, metall prokati, shveller, armatura, profnastil va boshqa mahsulotlar etkazib beradi. Qozog`istonning Uralsk, Aksay, Aktobe, Atrau, Aktau, Shmkent va Taraz shaharlarida kompaniyaning bazalari bor.






