Bugun, 12 may kuni tonggi soat 4:05 atrofida Toshkent – Nukus M-37 yo`lining Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan o`tgan 120-kilometrida “MAN” yuk avtomashinasi “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasini urib yuborgan. Natijada tuman tibbiyot birlashmasi Bolatli tez tibbiy yordam brigadasining 3 nafar xodimi og`ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisa Paxtachi tuman ibbiyot birlashmasi Bolatli tez tibbiy yordam brigadasining 3 nafar xodimi tumandagi Dabusya mahallasida yashovchi xomilador ayol M.K.ning murojaati asosida chaqriqqa borayotgan vaqtda bo`lgan.

Chaqiriqqa ketayotgan tez yordam mashinasi Toshkent – Nukus M-37 yo`lining 120-kilometrida joylashgan yo`lning qaytib olish qismidan qayrilib olayotgan vaqtda “MAN” yuk avtomashinasi kelib urilishi natijasida 1965 yilda tug`ilgan shifokor I.A., 1986 yilda tug`ilgan feldsher O.D., hamda 1977 yilda tug`ilgan haydovchi E.U. og`ir tan jarohati olgan.
Hozirda jabrlanganlar Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limiga yotqizilib, shifokor nazoratiga olingan.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi






