Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
– avtomobilning orqa o`rindig`idagi 12 yoshgacha bo`lgan bolalar;
– transport vositasini o`quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o`rgatuvchi amaliy mashg`ulotlar instruktori;
– homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo`lovchilar;
– orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
– aholi punktlarida harakatlanishda — yo`nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o`rindig`idagi yo`lovchilar;
– aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo`lovchilari.






