Ushbu kartalar bepul ochiladi va pensiya belgilangan muddatda avtomatik ravishda Uzcard kartasiga tushiriladi. Shuningdek, “Xalq banki”ga qarashli bankomatlar va kassalar orqali pensiya kartalaridagi pul mablag`ini naqdlashtirish xizmati uchun komission to`lovlar belgilanmaydi.
Pensiya kartalarida uch minimal ish haqi miqdorida overdraft krediti mavjud (Overdraft — qarz oluvchi mijoz hisob raqamida etarlicha mablag` bo`lmagan holatda bank tomonidan kredit ajratilishi). Taklif etilayotgan overdraft xizmatlaridan oylik pensiya belgilanishidan oldin har oy foydalanish mumkin. Overdraft kreditning amal qilish muddati 12 oyni hamda oylik foizi 1,33 ni tashkil etadi. Ushbu xizmat turidan foydanuvchi mijoz “Xalq banki” tomonidan belgilangan tartibda karta hisobiga ma`lum pul miqdorini qabul qilishi hamda ko`zda tutilmagan harajatlarga yo`naltirishi mumkin.






