Qo`ng`irot tumanida HAPPY KIDS KUNGRAT nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi tasarrufidagi 140 o`ringa mo`ljallangan “Kamalak” nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ochilish marosimiga tuman hokimining birinchi o`rinbosari, Tuman prokurori, UzKorGaz Cemical korxonasi boshlig`i o`rinbosari, tuman maktabgacha ta`lim bo`limi boshlig`i va aholida istiqomat qiluvchilar qatnashdi. Tumandagi “Qiriqiz” shaharcha fuqarolar yig`inida barpo etilgan bu maktabgacha ta`lim muassasasini Yodgorov Suxrobjon Sobirovich o`z mablag`i xisobidan ochdi.






