15 may – Xalqaro oila kuniga bag`ishlab Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
Viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, xotin-qizlar qo`mitasi, adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bayram tadbirida o`zlarining “oltin” va “kumush” to`ylarini nishonlayotgan 15 juftlik oila otaxon va onaxonlari, shuningdek, yangi oila qurish maqsadida nikohdan o`tayotish istagidagi yosh oilalar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.Tadbir doirasida “Huquqiy savodxonlik kuni” aksiyasi tashkil etildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi mas`ul xodimlari yosh oilalar vakillariga huquqiy maslahatlar berib, amaldagi qonunchilikka oid bukletlar tarqatdi.
Guliston shahridagi Ahillik mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Lolaxon Turonova hamda Sobirjon Absalomovlarning xonadoniga tashrif buyurilib, ularning nikohini rasmiylashtirdi va ularga nikoh guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
adbirda yosh hunarmandlarning asarlaridan namunalar ko`rgazmasi tashkil etildi.
Ayniqsa jahon va o`zbek durdonadlari kutubxona fondidan o`rin olgan badiiy va huquqiy adabiyotlardan tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi barchaning diqqat markazida bo`ldi.






