Qarshi hokimiyati shahar logotipini tasdiqlandi. Bu haqida shahar ma`muriyatiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Unda suv yig`ishga mo`ljallangan sardoba tasvirlangan. Er tubiga tushgan va tosh bilan yopilgan sardoba basseynida ichimlik suvini saqlangan hamda undan foydalanilgan. Bu kabi omborda suv yilning eng issiq davrida ham muzday holda turgan.

Logotipga «The center of history» («Tarix markazi») shiori ham yozilgan. Qarshi Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan va Qashqadaryodagi eng yirik markaz sanaladi. Ayni vaqtda shaharda 260 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ilk bor manbalarda miloddan avvalgi VII asrdan boshlab uchraydi.
Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrining logotipi tasdiqlangandi.






