AsosiySport

​Bokschilarimiz «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo`yicha birinchi o`rinni egallashdi

'​Bokschilarimiz «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo`yicha birinchi o`rinni egallashdi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha «Gubernator kubogi» sovrini uchun musobaqa yakunlandi.

Xabar berganimizdek, hal qiluvchi kun bellashuvlarida 3 nafar bokschimiz Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, ushbu vakillarimizning barchasi jangni g`alaba bilan yakunlab, o`z vazn toifalarida musobaqaning oltin medaliga ega bo`lishdi. G`olib va sovrindorlar yaqin o`tmishning mashhur bokschisi Roy Jons tomonidan taqdirlandi.

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya) 4:1
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya) 5:0
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya) 3:2

    Boshqa yangiliklar