AsosiyJamiyat

Surxon vohasi aholisi foydalanishiga birdaniga 2 zamonaviy DXM binosi topshirildi

'Surxon vohasi aholisi foydalanishiga birdaniga 2 zamonaviy DXM binosi topshirildi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo Turaxujaev Surxondaryo viloyati Muzrabot va Oltinsoy tumanlari yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari ochilish marosimida ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi bilanoq uning tarkibiga kiruvchi Markazlarda fuqarolarga xizmat ko`rsatish standartlariga yuqori talablar belgilangan. Shu bois, mazkur Markazlar qisqa fursatda o`zlarini bir tom ostida eng kerakli davlat xizmatlarini qulay va ortiqcha vaqt va pul sarflamasdan olish mumkin bo`lgan unikal maydoncha sifatida tanitdi. Foydalanishga topshirilgan Muzrabot va Oltinsoy tumanlari Davlat xizmatlari markazlari buning isbotidir.

Markazlar quruvchi va arxitektorlari xalq kiradigan joy ko`rkam, barcha qulayliklarga ega bo`lishi lozimligini inobatga olgan. Shu bois, interer echimi ham xizmat oluvchilarga yaxshi kayfiyat bag`ishlaydi.

Markazning kirish yo`lagidagi zamonaviy resepshnda elektron navbat talonini olish, qaysi oynaga murojaat etish kerakligini tushuntirishga hamisha tayyor davlat xizmatlari maslahatchilari sizni tabassum bilan qarshi oladilar.

Zal bo`ylab o`rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo`naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib, kutish zalidagi shinam o`rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o`tish kerakligi ko`rsatiladi.




    Boshqa yangiliklar