AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar topshirildi

'Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar topshirildi'ning rasmi

Yurtimizda davom etayotgan bayramlar shukuhiga yana bir xursandchilik hamroh bo`ldi. Ilk bor, respublikamizning janub gavhari Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari uchun qurilgan zamonaviy, barcha shart-sharoit va qulayliklarga ega uylarning kalitlarini topshirish marosimi o`tkazildi.

Tadbirda 30 xonadonning yangi egalari muborakbod etildi. Yangi xonadonning ramziy lentalari qirqilib, nuroniy otaxonu onaxonlarning duolari olindi.

chilish marosimida Termiz shahar madaniyat bo`limi ijodiy jamoasi, uning tasarrufidagi 1-son musiqa va san`at maktabi qoshida tashkil etilgan "Sabo" raqs ansambli hamda Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi xonandalari ijrosida xonishlar, chiroyli raqslar xonadon egalariga yanada ko`tarinki kayfiyat ulashdi.



    Boshqa yangiliklar