AsosiyDunyo

Er yuzidagi odamlar yashaydigan eng uzoq joylar

Har bir insonning ba`zan hamma narsani tashlab, uzoq-uzoqlarga ketib qolgisi keladi. Biroq agar jiddiy olib qaraydigan bo`lsak, eng baland tog` cho`qqisida, ulkan jarlik yoki kichkinagina orolda va hattoki yashashi mumkin. Shunga qaramasdan odamlar turli joylarda istiqomat qilib kelmoqda.

1. Tristan-da-Kunya – er yuzidagi quruqlikdan eng uzoqlikdagi orol. Ularga eng yaqin masofa 2000 kilometrni tashkil etadi. Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, u erda 297 kishi yashaydi. Ularning hammasi bir 1816 va 1908 yillarda kelgan 8 erkak va 7 ayoldan tarqalgan avlodlardir. Orolda 8 ta familiya va 80ga yaqin oila bor.

2. La-Rinkonada yo`lida And tog`larining 5000 metr balandligida bir joy bor. Bu erda 30 000 kishi yashaydi.

3. Grenlandiya 57 000 aholisi bilan o`z-o`zidan uzoq joy hisoblanadi. Biroq Illokkortoormiut uning eng uzoq qismidir.  Bu erda 500ga yaqin odam yashaydi. Aeroport 40 kilometr uzoqlikda bo`lib, onda-sonda foydalaniladi.

4. Kergelen arxipelagi ham “tashlandiq orol” hisoblanadi u Hind okeanining janubida joylashgan bo`lib, unga etish uchun qayiqda olti kun suzish zarur.

5. Alert Kanadaning Nunavut provinsiyasidagi uzoq qishloq. Qishloq Shimoliy qutbdan 750 kilometr uzoqda. Yil davomida bor-yo`g`i besh kishi yashaydi. Yozda bu erda 24 soat quyosh charaqlab turadi.

6. Pitkern arxipelagi esa Tinch okeanining janubiy qismi markazida joylashgan bo`lib, 50 kishi yashaydi.

7. Arizona shtatining Supay shaharchasida 500 kishi yashaydi. Bu joy jarliklar orasida joylashgan. Bu erga kelish juda qiyin. Supayni sezish mushkul ish, 2000 yili aholi sonini aniqlash vaqtida bu shaharni qoldirib ketishgan.

8. Nauru respublikasi aholisi jahondagi eng kichkina orol aholisi hisoblanib, ularning soni 10000 nafar. “Yashiringan orol” nomi bilan mashhur bu joyda sayyohlik sanoati rivojlanmagan. Bu erga kelish uchun oldin Avstraliyaning Brisbenidan uchib o`tish zarur. Keyin esa Nauruga chipta sotib olasiz. Samolet bir haftada bir marta uchadi xolos.

    Boshqa yangiliklar