AsosiyJamiyat

Samarqand turizm salohiyati “Bobur va Boburiylar malikalari izidan” nomli film orqali namoyish etiladi

'Samarqand turizm salohiyati “Bobur va Boburiylar malikalari izidan” nomli film orqali namoyish etiladi'ning rasmi

Shu kunlarda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “BBC” teleradiokompaniyasining O`zbek xizmati tomonidan O`zbekiston turistik salohiyatini oshirish, ko`hna va navqiron Samarqand shahrinning betakror manzaralari, tarixi va qadriyatlari aks etgan yangi – “Bobur va Boburiylar malikalari izidan” deb nomlangan ko`rsatuv tasvirga olinmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo`mitasi rasmiy saytida ma`lum qilingan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasida Turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, joriy yilda ham Samarqandda turizm va uning turli yo`nalishlarini taraqqiy ettirishga doir amaliy harakatlar olib borilmoqda. Shohi Zinda yodgorlik majmui, Bibixonim, Xo`ja Ahrori Valiy, Ruhobod maqbaralari, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi, Xo`ja Doniyor ziyoratgohi va boshqa obidalarning obod etilishi ham xalqimizning boy ma`naviy merosini asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimiz nomini ulug`lash, tarixni o`rganish va milliy o`zlikni anglashda muhim omil bo`lganini ta`kidlash lozim.

Ijodiy guruh tasvir ishlarini olib borar ekan, filmni yaratishda ana shu jihatlarga alohida e`tibor qaratib, Boburiylar sulolasi tarixi, uning mamlakatimiz sivilizasiyasida tutgan o`rni, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy hayotimizdagi ahamiyatini Boburiylar malikalari timsolida yaqqol ifoda etishga harakat qiladi.

Bu safar filmni tayyorlashda yangicha qarashlar, fikrlar bilan yondashilib, samarqandliklar bilan qiziqarli suhbatlar uyushtiriladi. Bu ko`hna zaminga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashadilar.

Mazkur film tez orada “Sevimli” telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.




    Boshqa yangiliklar