Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.
«Seul-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha uchib kelib, «yashil» yo`lak orqali harakatlangan fuqaro D.D.ning bagaji nazorat tartibida maxsus skanerlar yordamida bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, “ustamonlik” bilan o`ylangan qonunbuzarlik fosh etildi. Ya`ni, fuqaro D.D bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida hech qanday hujjatlari bo`lmagan, deklarasiyalanmagan 8 dona har xil rusumdagi uyali aloqa vositalarini ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan holda olib kirmoqchi bo`lgan ekan. Ammo uning bu nayrangi ish bermadi.
Shuningdek, ayni shu aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.D xam bojxona nazoratidan o`tkazilganda yashirincha olib kirmoqchi bo`lgan 5 dona uyali telefonlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, «Pekin-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha bilan uchib kelgan fuqaro B.A. ham sal kam 13 million so`mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishi besamar yakunlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






