AsosiyJamiyat

​O`zbekiston delegasiyasi ShHT Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi

'​O`zbekiston delegasiyasi ShHT Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Tanzila Narbaeva Shanxay hamkorlik tashkilotining Ikkinchi Ayollar forumida ishtirok etish uchun Bishkekka jo`nab ketdi. Bu haqda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15-16 may kunlari Bishkek shahrida o`tkazilayotgan forum 5 ta sessiyadan iborat bo`lib, unda mintaqalararo hamkorlikning gender masalalari, ayollarning inklyuziv va barqaror rivojlanishida ayollarning roli, ShHT rivojida xotin-qizlarning rolini yaxshilash, ta`lim va sog`likni saqlash tizimiga investisiyalar jalb qilish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Forumning ikkinchi kunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlarning ikkinchi ayollar forumi hamda onalar kuniga bag`ishlangan “Ajdodlar merosi” amaliy san`at Respublika yarmarkasining ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

ShHT Birinchi Ayollar forumi 2018 yilning 15-18 may kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo`lib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar