Hurmatli hamkasblar!
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e`lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko`rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasiga binoan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bo`limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma`lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.
“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g`oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg`alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag`ishlab 27 iyunda o`tkaziladigan bayram tadbiri arafasida topshiriladi.
Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko`chasi, 30-uy.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Telefonlar: 71-244-64-61, 71-244-37-87.






