1

MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o`tkazmoqda

Jamiyat 15.05.2019, 15:55
MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o`tkazmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxo`jaev Toshkent viloyatida sayyor qabullar o`tkazmoqda.

Xususan, joriy yilning 13 may kuni Bekobod shahardagi Majburiy ijro byurosi bo`limi binosida viloyatning Bekobod, Bo`ka, Nurafshon va O`rta-Chirchiq tumanlari hamda Bekobod shahar aholisini, shuningdek 14 may kuni esa Ohangaron tumanida Angren, Ohangaron,Olmaliq shaharlari, Piskent hamda Ohangaron tumanlari aholisini qabul qildi.

Uchrashuvlarda Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirlar davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rilib, mas`ul xodimlar ishtirokida nazoratga olinmoqda.

Byuro direktori B.B.Qudratxo`jaevning Toshkent viloyatidagi sayyor qabullari 17 may kuni Bo`stonliq tumani hamda 18 may kuni Yangiyo`l shahrida davom ettiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1