AsosiyShou-biznes

"Transformerlar" yulduziga ichkilikbozlikdan qutulish shartini qo`yishdi

“Transformerlar” filmi bosh roli ijrochisi Shayi Labafda ichkilik bilan muammolar yuzaga keldi. O`tgan yozda akter “Kabar” myuziklida mast holda mushtlashuv sodir etgan edi. Shundan so`ng sud uni panjara ortiga yuborgandi.

Sud 28 yoshli akterni spirtli ichimliklar ichishdan qutulishi uchun davolanishga yubordi, deya xabar bermoqda Entertainment Wise.

25 noyabr kuni akter o`zining tuzalayotganligini hukumatga ko`rsatish maqsadida Nyu-York sudida paydo bo`ldi. Uning sochlari umuman olib tashlangan va harbiy kiyimda edi. Agar jurnalistlarga ishoniladigan bo`lsa, sud raisi Labafning tuzalish borasida qat`iyatiga qoyil qolgan.

Ayni paytda Labaf Man Down nomli yangi harbiy dramada suratga tushmoqda. Kartina 2015 yilda ekran yuzini ko`radi.

    Boshqa yangiliklar