Rossiyaning Samara shahrida bir necha kundan buyon anomal issiqlik kuzatilmoqda, deb xabar qildi Trend nashri.
Hozirda harorat 32-33 darajaga etgan. Bu mintaqa uchun rekord daraja hisoblanmoqda.Aholi esa vaqtlarini soya-salqin joylarda o`tkazishga harakat qilyapti.Hozirda favvoralar hamda suv havzalari atrofi odamlar bilan gavjum. Meteorologiya sohasi vakillari kelasi haftada yog`ingarchilik kutilayotganini xabar qilgan.