Estrada xonandasi Munisa Rizaeva Qozog`istonda bo`ladigan "Spirit of tengri" nomli festivalga mehmon sifatida taklif etildi. Ushbu mamlakatning mashhur radiostansiyasi "Yuldiz FM"da qo`shiqchi bilan intervyu ham uyushtirildi.
“Popcorn” sayti yozishicha, Qozog`istonning nomdor prodyusserlik markazlari tomonidan Munisaga hamkorlikda ishlash taklifi bildirilgan. Xabarda ayni paytda bu takliflar yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani aytiladi.
Xonanda kelishuvga binoan Qozog`iston san`ati olami vakiliga aylanadimi yoki boshqa rejalarni ma`qul ko`radimi? Bu savollar hozircha ochiq qolmoqda.





