1

EChL guruh bosqichi 5-tur natijalari. Xet-trik navbati Manjukichga

Sport 27.11.2014, 09:10
EChL guruh bosqichi 5-tur natijalari. Xet-trik navbati Manjukichga

Evropa chempionlar ligasida guruh bosqichining 5-tur bahslariga yakun yasaldi. Bugun bo`lib o`tgan 8 uchrashuvning 1 tasida yirik hisob qayd etildi - "Olimpiakos"ni qabul qilgan "Atletiko" Garsiyaning hisobni ochishi hamda Manjukichning xet-triki yordamida 4:0 hisobida g`alaba qozondi.

Shveysariyaga safar qilgan "Real" Krishtianu Ronalduning yagona goli evaziga uch ochkoga ega bo`ldi. Ushbu guruhning ikkinchi bahsida "Liverpul" "Ludogores" maydonida g`alabani boy berib, durang natija ko`rsatgan holda so`nggi turdagi "Bazel"ga qarshi uchrashuvning ahamiyati g`oyatda yuqori bo`lishiga sabab bo`ldi. Turning markaziy o`yinlaridan biriga London mezbonlik qildi: Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Arsenal"ga imkoniyatni boy bergan holda guruh bosqichida ilk bor ochko yo`qotdi. Birinchi turda "Anderlext" bilan durang qayd etib, bir ochko ishlagan "Galatasaroy" bugun ushbu raqibga imkoniyatni boy berdi, natijada turk klubi hisobida hamon bir ochko mavjud bo`lib turibdi.
EVROPA ChEMPIONLAR LIGASI, 5-tur
"A" GURUHI
Atletiko Ispaniya – Olimpiakos Gresiya 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Garsiya, 2:0 – 38 Mandjukich, 3:0 – 62 Mandjukich, 4:0 – 65 Mandjukich.
Malme Shvesiya – Yuventus Italiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 49 Lorente, 0:2 – 88 Teves.
"V" GURUHI
Bazel Shveysariya – Real Madrid Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Ronaldu.
Ludogores Bolgariya – Liverpul Angliya 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Abalo, 1:1 – 8 Lambert, 1:2 – 37 Xenderson, 2:2 – 88 Terziev.
"S" GURUHI
Zenit Rossiya – Benfika Portugaliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79 Danni.
Bayer Germaniya – Monako Monako 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 72 Okampos.
"D" GURUHI
Arsenal Angliya – Borussiya D Germaniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Sanogo, 2:0 – 57 Sanches.
Anderlext Belgiya – Galatasaray Turkiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 44 Mbemba, 2:0 – 86 Mbemba.
Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1