Rossiyalik Fyodor Konyuxov Tinch okeanini qayiqda suzib o`tib, jahon rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi Trend nashri.
U sayohatini 2018 yilning dekabr oyida Yangi Zelandiyadan boshlagan. 154 kun ichida esa u finish nuqtasi hisoblangan Chiliga etib keldi. Sayohatchining so`zlariga ko`ra, ochiq okeanda bo`lgan vaqtida u kuchli to`fonlarga va ular yirtqichlarga duch kelgan.Safar oldidan Fyodor 9 metrlik qayig`ida etarlicha oziq-ovqat hamda boshqa zaruriy buyumlarni g`amlagan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi, biroq qayiq ta`mirtalab ahvolga kelib qolgan.






