Shvesiyada T-Pod Einride haydovchisiz yuradigan yuk mashinasi harakatlana boshladi, deya xabar qildi Report nashri.
Elektr yuk mashinasi bir muddat avval sinovdan o`tkazilgan.Transport vositasi hozircha shahar ichidagina tovarlarni belgilangan manzilga etkazib beradi. Uning quvvati 200 km.ga mo`ljallangan bo`lib, u barcha yo`l harakati qoidalariga to`liq rioya qiladi. Avtomobilning yuk tashish hajmi 20 tonna.
Ekspertlarning fikriga ko`ra, xarajatlar haydovchi tomonidan boshqariladigan hamda dizelda harakatlanadigan oddiy yuk tashuvchi mashinalarga qaraganda 60 % ga qisqaradi.






