Avstraliyacha futbol o`zining shiddatkor harakatlari bilan ajralib turadi, deb xabar bermoqda 120.su nashri.
Match payti 2 yashar qizaloq Pippa otasi Devid Biggsning o`yin tomoshasiga berilib ketganidan unumli foydalanib, “koptok ko`tarib yugurayotgan amakilar”ga yaxshiroq razm solish uchun maydonga chiqib ketdi.
Qizaloq oyoq tagida qolib ketishi mumkin edi, xayriyatki, uni o`yinchilardan biri, “St Bernard’s” jamoasi a`zosi Aleks MakLeod o`z vaqtida payqab qoldi. U qizchani shartta ko`tardi-da, maydon chetiga olib chiqdi. Aleks tomoshabinlardan, xususan, qizchaning otasidan maqtov va minnatdorlik qabul qilib oldi. Pippa esa nima bo`lganinga tushunmay, o`z harakatlaridan mamnun bo`ldi.






