AQSh hukumati mamlakat tarixida eng dahshatli va halokatli deya qayd etilgan Kaliforniyadagi ommaviy yong`in uchun mas`ul shaxslarni aniqladi, deb xabar qildi Gazeta.ru nashri.
O`tgan yili Kaliforniyaning Paradays shahridabir necha hafta davom etgan qirg`inbarot alanga mahalliy elektr uzatish liniyalari bilan bog`liq muammo sabab yuzaga kelgani ma`lum bo`ldi. Qurg`oqchilik va kuchli shamol uni keng tarqashiga olib kelgan. Uskunalar esa Tinch okeani elektr shirkatiga tegishli.
Hozirda shirkatga qarshi jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Eslatib o`tamiz,ushbu ofat 85 kishining o`limiga sabab bo`lgan hamda yarim milliondan ortiq binoni vayron qilgan edi.






