1

Ravshan Ermatov - 2014 yilda Osiyoning eng yaxshi hakami bo`lishga nomzod

Sport 27.11.2014, 16:30
Ravshan Ermatov - 2014 yilda Osiyoning eng yaxshi hakami bo`lishga nomzod

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2014 yilda Osiyo qit`asining eng yaxshi hakami bo`lishga nomzodlik qilmoqda.
Bu sovringa shuningdek eronlik hakam Muhammad Alirizo Fag`oniy va bahreynlik Navof Shukrulloh ham da`vogarlik qilmoqda. Bu hakamlarning barchasi Braziliyada bo`lib o`tgan jahon chempionati o`yinlarida ishtirok etgan edilar.
Eslatib o`tamiz, Ravshan Ermatov jahon chempionatlari tarixida eng ko`p uchrashuvlarni boshqargan hakam hisoblanadi. Hamyurtimiz Braziliyada bo`lib o`tgan mundial vaqtida rekord qayd etgan edi. Uning hisobidagi JCh o`yinlari soni 9 taga etgan. Shundan beshta uchrashuv 2010 yili JARda, to`rttasi esa 2014 yili Braziliyada kechgan mundialda o`tkazilgandi.
Eslatib o`tamiz, shu vaqtga qadar jahon chempionatlarida hech bir hakam 8 tadan ko`p o`yin boshqarmagan.  Joelyu Kinyu (Fransiya, JCh-1994), Benito Archundii (Meksika, JCh-2010) va Xorxe Larriondelar (Urugvay, JCh-2010) 8 tadan o`yin boshqarib, rekord sohibi bo`lib turgan edilar. Ravshan Ermatov bu rekordni yangilagan.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1