AsosiyDunyo

10,7 million amerikalik “Taxt o`yinlari” tufayli ishga bormaslikka qaror qilishgan (Video)

'10,7 million amerikalik “Taxt o`yinlari” tufayli ishga bormaslikka qaror qilishgan (Video) 'ning rasmi

Bugun, 20 may kuni 10,7 million amerikaliklar ishga bormaslikka qaror qilishgan, deya xabar bermoqda MarketWatch nashri.

Gap shundaki, shu kuni ertalab “Taxt o`yinlari” serialining final mavsumidagi so`nggi qismi namoyish etiladi.

Amerikaliklar kasal bo`lib qolganliklari yoki navbatdan tashqari dam olish kuni bahonasi bilan ishga bormaslini ko`zlashmoqda.

Qolaversa, yakshanba kuni kechqurun ishlaydigan 5,8 million kishi ham xuddi shu tarzda yo`l tutmoqchi.

“Taxt o`yinlari”ning so`nggi epizodi qanday yakunlanishi, kim Etti qirollik taxtiga o`tirishi butun dunyo bo`ylab millionlab odamlarni qiziqtirmoqda.

Boshqa yangiliklar