AsosiyDunyo

Gienasimon it o`zini o`likka solib, arslonning komidan qutulib qoldi (Video)

'Gienasimon it o`zini o`likka solib, arslonning komidan qutulib qoldi (Video) 'ning rasmi

Gienasimon it arslonning komidan qutulib qoldi, deb xabar berdi Day.Az nashri.

Voqea Zimbabvedagi Xvange milliy parkida sodir bo`lgan. Gienasimonlar antilopani eb bitirishayotgandi. Shu dam kutilmaganda ularga arslon tashlanadi. U gienasimonlardan birini tishlab oladi. Arslon og`zida gienasimon it o`zini o`likka solib shalvirab turaverdi. Shunda arslonning e`tiborini boshqa gienasimon tortadi va u og`zidagi tashlab chopadi. O`zini o`likka solgan esa darhol juftakni rostlaydi. Oqibatda arslon o`ljasiz qoldi.

Boshqa yangiliklar