1

FIFA reytingi. O`zbekiston 9 pog`ona pastladi

Sport 28.11.2014, 10:51
FIFA reytingi. O`zbekiston 9 pog`ona pastladi

Xalqaro futbol uyushmalari federasiyasi – FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallagan reytingidan 9 pog`ona pastlagan holda jahon reytingida 74-o`rinda qayd etildi.
Yangi reytingda O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida to`rtinch o`ringa tushgan. Qit`a reytingi etakchisi bo`lib turgan Eron esa, ikkinchi o`rindagi Yaponiya bilan joy almashgan. Shu tariqa, Osiyo Qit`asi reytingida O`zbekiston Yaponiya (53), Eron (56) va Janubiy Koreya (69)dan keyingi o`rinni egallab turibdi. O`zbekistondan keyingi ikki o`rinni esa BAA (85) va Iordaniya (86) terma jamolari band etishgan.
Qayd etish joiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 final bosqichi «V» guruhidagi raqiblari orasida peshqadam bo`lib turibdi - O`zbekiston (74), Xitoy (99), Saudiya Arabiston (106) va KXDR (137)
MDH, Gruziya va Boltiqbo`yi mamlakatlari orasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (26) va Rossiya (31)dan keyingi o`rinda bormoqda.
Jahon reytingida esa amaldagi jahon chempioni - Germaniya peshqadam bo`lib turibdi. Germaniya terma jamoasidan keyingi o`rinlarda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o`rin olishgan. Jahon reytingining to`liq ko`rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1