AsosiySport

​Yoshlarimiz og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etishadi

'​Yoshlarimiz og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etishadi'ning rasmi

1-8 iyun kunlari Fuji davlatining Suva shahrida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi. Dunyoning 20 yoshgacha bo`lgan kuchli atletlari ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini terma jamoamiz a`zolari Adhamjon Ergashev (-73 kg) va Akbar Jo`raev (-109 kg) himoya qilishadi.

51 davlatdan 500 nafardan sportchilar ishtirok etishi kutilayotgan jahon birinchiligi 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlariga yuqori reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Shuningdek, ushbu musobaqa vakillarimiz uchun joriy yilning sentyabr oyida Tailand davlatida bo`lib o`tadigan kattalar o`rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan 2018 yilda og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati 7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida o`tkazilib, unda Adhamjon Ergashev oltin, Akbar Jo`raev kumush medalni qo`lga kiritgan edi.


    Boshqa yangiliklar