1

Frank Riberi: "Oltin to`p" menga endi hech narsani anglatmaydi"

Sport 28.11.2014, 10:58
Frank Riberi: "Oltin to`p" menga endi hech narsani anglatmaydi"

"Bavariya" yarimhimoyachisi Frank Riberi jahonning eng yaxshi o`yinchisi uchun beriladigan oliy mukofot - "Oltin to`p" haqida quyidagilarni ta`kidlab o`tdi, deb yozmoqda stadion.uz.
"O`tgan safargi marosimda men ko`p narsani tushundim. Kechaga tashrif buyurganimda, rafiqamga dedim: "Qanday qilib mag`lub bo`lishimni qarab tur". Zepp Blatterning Krishtianu Ronalduni qanday quchoqlaginini ko`rdim, payqadimki, uning barcha oila a`zolari ham o`sha erda ekan. Men ham ahmoq emasman. Uning g`alaba qozonishi oydek ravshan edi, aks holda butun oilasini o`zi bilan birga olib kelmagan bo`lardi. Bu yil ham aniq shunaqa bo`ladi. "Oltin to`p" men uchun ortiq hech narsani anglatmaydi", - deydi Riberi Football Espana nashriga bergan intervyusida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1