Avstriya davom etayotgan korrupsiya mojarosi ortidan mamlakat kansleri Sebastian Kurs prezidentiga tezda parlament saylovlarini o`tkazish borasida murojaat bilan chiqdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Bir necha kun ilgari “Ozodlik” partiyasi rahbari va vise-kansler Xayns-Kristian Shtraxe noma`lum ayol bilan xufiyona muzokaralar olib borgani aks etirilgan video paydo bo`lgan. Ayolning rus millatiga mansubligi aniqlangan. Tasvirlarga ko`ra, Shtraxe ayolni hukumat shartnomalariga kiritib qo`yishini va`da qilgan.
Hozirda sobiq vise-kanslerga lavozimidan iste`foga ketishini e`lon qildi.






